3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursi tashkil etilmoqda

3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursi tashkil etilmoqda


Respublika taʼlim markazi va “TRANSFORMERS Education” o'quv markazi hamkorlikda  Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini o'qitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik. 

 

 (https://t.me/edurtm_uz/7082)O'quv kursini tashkil etish yuzasidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 75% Texnologiya fani o'qituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.

 

Ko'p sonli o'qituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursiga start berildi.

 

Onlayn o'quv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

 ✅@RTM_Texnologiya_malaka_oshirish 

 

Ro'yxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.

 

O'quv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bag'ishlangan ochiq dars tarzida o'tkaziladi. So'ng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali o'quvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa o'rnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.

painting icon

Мәнзил

Қарақалпақстан Республикасы, Нөкис қаласы, А.Досназарова көшеси, 62

email icon

Електрон почта

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz mno.rk@exat.uz

cordless screw driver icon

Жумыс күнлери

Жумыс күнлери: Дүйшемби - Жума. Жумыс ўақты: 9:00 - 18:00.