GOOGLE DOCS IMKONIYATLARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISH

GOOGLE DOCS IMKONIYATLARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISH


 "Zamonaviy ustoz" gazetasi 11-son 21-sahifasidan

Test sinovlarini online tarzda o‘tkazish uchun XXI asr texnologiyalaridan foydalanishni bilish kifoya. Ayniqsa, pandemiya davrida test sinovlarini onlayn tashkil qilish juda katta qulaylik yaratadi. Xususan, test natijalarini tekshirish hamda tahlil qilish ishlari ancha qisqaradi. Agar o‘quvchilarda internetga ulangan qurilma: kompyuter, noutbuk yoki smartfon bo‘lsa, hatto uyda ham test jarayonini tashkil etish mumkin.

Sinovni qayerda onlayn qilish mumkin?

Darhaqiqat, Internetda onlayn so‘rovlar va testlarni tashkil qilish va o‘tkazishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar mavjud. Bundan tashqari, testlarni yaratish va o‘tkazish uchun kuchli vositalarga ega bo‘lgan maxsus ta’limni boshqarish tizimlari (LMS) ham bor. Biroq biz Google xizmatlariga e’tibor qaratamiz.

Qanday boshlash kerak?

Avval google.com saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, drive.google.com saytida joylashgan Google Drive xizmatiga o‘ting (1-rasm).

Bu yerda ko‘k tugmachani bosing (1-rasm).

Ochilgan menyuda Ещёni tanlang, so‘ngra Google Формы (2-rasm).

Shakllarni tahrirlash oynasini batafsil ko‘rib chiqamiz (3-rasm). Sichqonchaning chap tugmasi bilan Новая форма iborasini bosish orqali testga nom qo‘yiladi (1-ko‘rsatkich), keyin savolning turi belgilanadi (2-ko‘rsatkich).

Google formasni tahrirlash oynasi (3-rasm).

So‘ngra Вопрос без заголовка iborasini bosish orqali birinchi test savoli yoziladi (3-ko‘rsatkich). Keyin savolning birinchi javob varianti Вариант 1 tugmachasini bosish orqali yoziladi (4-ko‘rsatkich). Ko‘pincha, birinchi savol o‘quvchining ism-familiyasi va otasining ismi haqidagi bo‘ladi. Masalan: Familiyangizni, ismingizni va otangizning ismini kiriting. Bunda savolning turi (2-ko‘rsatkichga qarang) Text ga o‘zgartiriladi. Navbatdagi javobni kiritish uchun Добавить вариант iborasi bosiladi (5-ko‘rsatkich).

Yangi savol yaratish uchun asboblar panelida joylashgan Добавить раздел belgisini bosish kerak. U yerda savolga sarlavha, tavsif, rasm, video va hattoki bo‘lim qo‘shish, shuningdek, har bir javob variantini rasm shaklida o‘rnatish mumkin. Buni javob varianti satrining oxiridagi rasm belgisini bosish orqali amalga oshirish mumkin.

 

Venera ALLAMURATOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzuridagi

Respublika ta’lim markazi iformatika fani metodisti.

 

 

 

 

 

 

 

 

painting icon

Мәнзил

Қарақалпақстан Республикасы, Нөкис қаласы, А.Досназарова көшеси, 62

email icon

Електрон почта

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz mno.rk@exat.uz

cordless screw driver icon

Жумыс күнлери

Жумыс күнлери: Дүйшемби - Жума. Жумыс ўақты: 9:00 - 18:00.